Qo'shimcha kalendar
«    Yanvar 2018    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 
So'ngi yangiliklar
    Kollej haqida
    O'quv jarayoni "Tasviriy san'at" darsi
    Sport musobaqalari
    O'quv jarayoni "Kimyo labaratoriya" darsi
    Axborot resurs markazi

    Andijon industrial-pedagogika kolleji USTAVI

    Andijon industrial-pedagogika kolleji USTAVI


    1. Umumiy qoidalar


     Andijon Industrial Pedagogika texnikumi 1980 yilda tashkil topgan va 2004 yili qayta ta’mirlanib kollej maqomini olgan; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta – maxsus ta’limi Vazirligi tarkibiga kiradi.
     Kasb – hunar kolleji davlat standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb – hunar bilimini beradigan, o‘quvchilarning kasb – hunarga moyilligi, maxorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasb – hunap bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan yangi turdagi o‘quv yurtidip.
     Ta’lim shakli kunduzgi.
     Kasb – hunar kolleji bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi, unda o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi yo‘nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatori (Tasniflagichi)ga muvofiq mutaxassislik (mutaxassisliklar) bo‘yicha berilgan malaka ko‘rsatiladi.
     Diplomlarga o‘zlashtirilgan umumta’lim va maxsus (kasb – hunar) fanlar (kurslar), soatlar xajmi va ular buyicha baxolar (reytinglar), shuningdek, bitiruvchining umumiy reytingi va yakuniy davlat attestatsiyasiniig natijalari ko‘rsatilgan qo‘shmcha varaq ilova kilinadi.
     Kasb – hunar kollejini tugatganlik to‘g‘risidagi diplom ta’lim oliishning keyingi bosqich,larida o‘qishga yoki egallangan mutaxassisliklari bo‘yicha ish faoliyatini davom ettirishga imkon beradi.
     1.3 Kollej yuridik shaxs bo‘lib, o‘zining gerbli muxri, shtampi, bankdagi xisob raqami, davlat namunasidagi blanki, peshlavxa va boshqa rekvizitlarga ega. O‘z nomidan shrtnomalar tuzishi, mulkiy xuquqlarga ega majburiyatlar olishi xamda sud, arbitraj organlarida davogar va javobgar bo‘lishi majburiyatini oladi.
     Andijon Industrial Pedagogika kolleji Andijon shaxar, Axmadbek Xoji ko‘chasi, 78 V uyda joylashgan bo‘lib, o‘zining 23430000704627768001 xisob raqamiga ega.
     Kasb – hunar kolleji o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ta’lim to‘g‘risida"gi va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" to‘g‘risidagi qonunlar, "O‘rta – maxsus, kasb – hunar ta’limi to‘g‘risidagi Nizom" asosida va vakolatli davlat boshqaruv organlarining me’yoriy xujjatlari asosida amalga oshiradi.
     Kasb – hunap /davlat va nodavlat/ kollejlari davlat ta’limi standartlari asosida ta’lim dasturini amalga oshiradi
     1.4 Kasb – hunar kollejiga umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi xududida yashovchi yigit va qizlar, shu jumladan, chet el fuqarolari qabul qilinadi.
     Kasb – hunar kollejlariga qabul qilish umumiy o‘rta ta’lim negizida maktablarning 9 – sinfini bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va umumiy o‘rta ta’limni tugatishda ular tomonidan olingan reyting ko‘rsatkichlari natijalari buyicha, ularning o‘qish yunalishini ixtiyoriy ravishda tanlashini xisobga olgan xolda amalga oshiriladi.
     Qabul kilish chog‘ida bitiruvchiga uning qobiliyatini, kasb – hunarga ishtiyoqini va qiziqishini xisobga olgan xolda kasbga yo‘naltirish va ruxiy – jismoniy va kasb tashxisi markazlari tomonidan berilgan tavsiyanomalar xisobga olinadi.
     Kasb – hunar kollejiga o‘quvchilarni qabul qilish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan shu yo‘nalishdagi ta’lim muassasalari, qabul komissiyasi xaqidagi Nizomga asosan amalga oshiriladi.
     1.5 Andijon industrial pedagogika kasb – hunar kollejida o‘qish muddati 3 yil.
     1.6 Andijon industrial pedagogika kasb – hunar kollejida mutaxassisliklar o‘rta – maxsus, kasb – hunar ta’limi yunalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatori (Tasniflagichi) asosida tayyorlanadi.